Burxon Boybulov
Burxon Shodiyevich Boybulov (tugʻilgan: 5-may, 1973-yil, Daryo qishlogʻi, Yakkabog' tumani, Qashqadaryo viloyati) — Oʻzbekiston chorvachiligi sohasiga ulkan hissa qoʻshgan olim, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasini muvaffaqiyatli tamomlagan, Oʻzbekiston chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori.
Faoliyati
2000-yilda Toshkent davlat agrar universitetini tamomlagan. 2001-2005-yillarda Oʻzbekiston chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot institutida aspiranturada tahsil ola boshlagan.
B.Boybulov nomzodlik dissertatsiyasini 2001-2008-yillar mobaynida professor M.Ashirov rahbarligida bushuyev zotli sigirlarning sut mahsuldorligi pushtdorligi va yelin xususiyatlari borasida qator ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borgan hamda nomzodlik darajasini beruvchi "Turli tizimlardagi sigirlarning sut mahsuldorligi, pushtdorlik va yelin xususiyatlari" mavzusidagi ilmiy ishni muvaffaqiyatli himoya qilib, qishloq xoʻjaligi fanlari nomzodi darajasini olgan.
Oʻz faoliyatini dastlab "Plemelita" ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi Oʻzbekiston chorvachilik ilmiy-tadqiqot institutining sutdor qoramollar markazida kichik ilmiy xodim sifatida boshlagan. 2012-yilda esa katta ilmiy xodim unvonini qoʻlga kiritgan.
2013-yilda Prezident huzuridagi davlat boshqaruv akademiyasining „Davlat boshqaruvi“ yoʻnalishini tugatgan.
Olib borgan ilmiy-tadqiqotlar natijalari boʻyicha 47 ta, hozirgi kungacha esa 130 ga yaqin maqola, 10 ga yaqin uslubiy qoʻllanmalar chop etilgan. Oʻnlab tavsiyanoma hamda bir necha patent va guvohnomalar muallifi, oʻnlab shogirdlarning ustozi hisoblanadi.
2009-yildan buyon Oʻzbekiston chorvachilik va parrandachilik ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy-tajriba stansiyasi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Manbalar
uz.wikipedia.org