Burunduq




Burunduqlar , olasichqonlar (Tamias) — kemiruvchilar turkumining tatinsimonlar oilasi urugʻi. Shimoliy yarim shardagi oʻrmonlarda tarqalgan. Bir necha turi maʼlum. Rossiyaning sharqiy qismidagi oʻrmonlarda Osiyo burundugʻi (Tamias sibiricus) uchraydi. Tanasining uzunligi 14 sm, dumi 9 sm ga yaqin, orqa qismida beshta qora yoʻli boʻladi. Qishda uyquga ketadi, har yili bir marta (baʼzan 2 marta) 4—10 ta bola tugʻadi. Nina barglilar urugʻi, kengbargli daraxtlar bargi, kurtagi va mevasi bilan oziqlanadi, qishga 4 kg gacha oziq (asosan kedr yongʻogʻi) toʻplaydi. Burunduqlar lunjida oziq olib yuradigan xaltasi boʻladi. Oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligiga qisman ziyon keltiradi. Osiyo burunduqlari kana ensefalitining ikkinchi darajali tarqatuvchisidir.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz