Burton Albion FK




Burton Albion Football Club  — Angliyaning Staffordshir shtatidagi Burton-apon-Trent shahridagi professional futbol klublaridan biri. BU jamoa Angliya futbol ligasi tizimining uchinchi darajali ligasida ishtirok etadi. Klub 2005-yilda Eton Park stadionidan Pirelli stadioniga koʻchib o‘tadi. Klubning „The Brewers“ laqabi Berton-apon Trentning pivo tayyorlash merosini eslatadi.

Tarixi



1950-1998-yillar



Burton Albion 1950-yilda tashkil etilgan va Birmingem tuman ligasiga qoʻshilgan. Ular 1953-54-yilgi mavsumni ikkinchi oʻrin bilan yakunlaganlar. 1958-59-yilgi mavsumda Janubiy Liganing Shimoliy Gʻarbiy zonasiga qoʻshilishdi. 1965-66-yillarda Burton toʻplar nisbati boʻyicha ikkinchi oʻrindan bebahra qoladi. Lekin baribir Janubiy Liga Premer-divizioniga koʻtarildi. Berton 1970-71 yillarda oʻrtacha gol boʻyicha koʻtarilishni oʻtkazib yubordi, ammo keyingi mavsumda ikkinchi oʻrinni egalladi va yana Premer-divizionga koʻtarildi. Keyingi ikki mavsumda ular quyi ligaga tushib ketishdi va keyin yana Premer-divizionga koʻtarilishdi. Ular 1976-77 yil oxirida yana bir marta quyi ligaga tushib ketgunlaricha bir xil divizionda qolishdi. Ligadagi oʻzgarishlarga koʻra, Burton markaziy Midlendda joylashgani uchun Shimoliy Premer-ligaga koʻchib oʻtdi va keyin 1987-88 yillarda Janubiy Ligaga qaytdi, mavsumda Kidderminster Xarriersga FA Trophy finalida magʻlub boʻldi.

Yangi ming yillikda



1998 yil oktyabr oyida Nayjel Klof oʻyinchi-menejer etib tayinlandi va u klubni1999-2000 va 2000-01 yillarda ketma-ket ikki marta ikkinchi oʻringa olib chiqdi. Burton yana 2001-02 yilgi mavsumda Shimoliy Premer-liga Premer-divizioniga koʻchib oʻtdi va ular bu jarayonda 106 ta gol urib, 15 ochko farqi bilan gʻalaba qozonishdi. Klub birinchi marta Futbol Konferentsiyasiga koʻtarildi.

Klub 2005-06 yilgi Angliya kubogining 3-bosqichida 11 karra gʻolib boʻlgan „Manchester Yunayted“ga qarshi oʻz uyida oʻynaganida milliy eʼtiborni tortdi. Brewers oʻz uyida Premer-liga jamoasini 0:0 hisobida durangga qoʻydi, ammo 11 000 dan ortiq Burton muxlislari oldida takroriy oʻyinda 5:0 hisobida magʻlub boʻldi va „Old Trafford“da mehmondagi muxlislar soni boʻyicha rekord oʻrnatdi.
 

Yil futbolchisi



 

Menejerlar




References




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz