Burtaslar




Burtaslar — Oʻrta va Quyi Volga boʻyidagi qabilalar uyushmasi (5—11-asrlar). B.ning aynan qaysi qabilalardan tashkil topganligi nomaʼlum. B. arab jugʻrofiy va tarixiy manbalarida 10-asrdan, rus solnomalarida esa 13-asrdan tilga olinadi. Ular dehqonchilik, chorvachilik va ovchilik bilan shugʻullanib, 7-asrdan Xazar xoqonligi, 10-asr oxirlaridan Kiyev Rusiga tobe boʻlgan, 11-asrda esa Volga bulgʻorlari va boshqa Volgaboʻyi xalqlari tarkibiga singib ketgan. B. madaniyati misharlar bilan mordva madaniyatining shakllanishiga taʼsir koʻrsatgan deb taxmin qilinadi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz