Bursa Yenishehir Aeroporti
Bursa Yenishehir aeroporti (IATA:
YEI , ICAO:
LTBR ) Turkiyaning Bursa viloyatida joylashgan aeroport. 1944-yilda harbiy baza sifatida tashkil etilgan obyekt. Keyinchalik harbiy aeroportda qurilgan qoʻshimcha inshootlar ommaviy havo transporti uchun tayyor holga keltirilgan va 2000-yil 3-noyabrda Bursa aeroporti nomi bilan foydalanishga topshirilgan. Fuqarolar va harbiy maqsadlarda tashkil etilgan aeroportning Bursa shahar markazigacha boʻlgan masofasi 50 km. Shuningdek 3000x45 va 3000x30 metrli ikkita beton qoplamali uchish-qoʻnish yoʻlaklari ham mavjud.
Tarixi
Bursa-Yenishehir aeroporti 2000-yil 3-noyabrda rasmiy ravishda ochildi. Ammo yoritish tizimidan kelib chiqqqan baʼzi kamchiliklar bartaraf etilib 2001-yil 1-iyunda rasmiy ochilish etib belgilandi.
Xuddi shu kuni Yunuselidagi Bursa aeroporti havo qatnoviga yopildi va aeroport havo kuchlari qoʻmondonligiga topshirildi. Shu kundan boshlab Yunuselidagi eski Bursa aeroporti havo harakati uchun yopiq.
2001- yil 25-may sanasida Vazirlar Kengashi 2001-2444-sonli qarori bilan Bursa-Yenishehir aeroportini doimiy yoʻlovchi kirish-chiqish havo chegara darvozasi sifatida belgiladi va Yenishehir aeroporti xalqaro havo qatnoviga ochildi.
2002-yil 28- dekabrda Rossiya va Ukrainadan sayyohlarni Yangi yil kechasini oʻtkazish uchun Uludagʻga olib borgan samolyotlar bilan Yenishehir aeroportiga birinchi yoʻlovchi reyslari boshlandi. Charter sifatida amalga oshirilgan ushbu reyslar bugungi kunda ham xuddi shunday amalga oshirilmoqda. Shundan soʻng, 2004-yilgi Haj mavsumida Yenishehir aeroporti ilk ziyoratchilarni joʻnatishni boshladi.
2004 yil 6-avgustdan boshlab Turk Havo Yoʻllari tomonidan Anqaraga birinchi rejalashtirilgan yoʻlovchi reyslari boshlandi. Biroq talab pastligi sababli bu reyslar bekor qilindi.
Aeroportda yuqorida qayd etilgan reyslardan tashqari VIP reyslar, harbiy parvozlar, parashyut parvozlari, uchuvchilarni tayyorlash reyslari, biznes reyslari, tez yordam reyslari ham mavjud.
Toʻgʻridan-toʻgʻri Adana reyslari Borajet tomonidan 27.06.2013da boshlangan. Keyinchalik reyslar bekor qilindi.
2013 yil 7-avgustdan boshlab Bursa va Quvayt oʻrtasidagi oʻzaro reyslar Freebird Airlines bilan boshlandi. Keyinchalik reyslar bekor qilindi.
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
Manba
uz.wikipedia.org