Bursa Uludağ Universiteti
Bursa Uludağ Universiteti (
BUU ) 1975-yilning 11-aprelida Turkiyaning Bursa shahridagi birinchi universitet sifatida tashkil etilgan va “Bursa Universiteti” deb nomlangan. Universitet nomi bir necha marotaba oʻzgargan. Masalan: 1982-yilda “Uludağ Universiteti”, 2018-yilda esa “Bursa Uludağ Universiteti” deb nomlangan. Bugungi kunda universitet 15 ta fakultet, 2 ta kollej, 15 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta konsevatoriya, 4 ta institut va 27 ta ilmiy markazni oʻz ichiga oladi.
Tarix
1960-yilda Bursada uyushgan sanoat zonasininng tashkil etilishi bilan shaharda sanoat va aholining oʻsishi kuzatildi. Bursaga kelgan ziyolilar va ishbilarmonlar shaharda universitet tashkil etish haqida oʻylay boshlagan. Shundan soʻng 1969-yili “Bursada universitet tashkil etish uyushmasi’’ni tuzishdi va dastlab tibbiyot fakultetini tashkil etishga qaror qilishdi.
Shu tariqa 1970-yili Istanbul Universitetining “
Bursa tibbiyot fakulteti ’’ tashkil etildi va u oʻz faoliyatini 50 ta talaba bilan boshladi.
Universitet tashkil etish uchun kamida 2 ta fakultet mavjud boʻlishi talab qilinar edi. Bu talab 1974-yilda “Bursa Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti”ning tashkil etilishi bilan bajarildi. 1975-yilning 11-aprelida 1873-qonun asosida Bursa universiteti tashkil etilgan.
Universitet “Bursa Universiteti” nomi ostida 2 ta fakultet, 20 nafar professor-oʻqituvchi va 250 nafar talaba bilan faoliyat boshlagan. Universitet rektori etib O‘mer Fethi Tezok saylangan.
Talabalar va ilmiy xodimlar soni
2022-2023-oʻquv yilida universitetda jami 74155 nafar talaba tahsil olmoqda. Ulardan 63699 nafari aspirant va bakalavriat, 2301 nafari doktorant, 5506 nafari magistratura va 2649 nafari tibbiyot mutaxassisligida tahsil olmoqda.
2022-2023-oʻquv yili holatiga koʻra universitetda jami 2479 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda.
Akademik birliklar
Institutlar Fakultetlar Havolalar
Rasmiy sayt
Manbalar
uz.wikipedia.org