Bursa Texnika Universiteti




Bursa Texnika Universiteti (turkcha: Bursa Teknik Üniversitesi, inglizcha: Bursa Technical University) 2010-yil Turkiyaning Bursa shahrida qurilgan davlat universitetidir.
Bursa Texnika Universiteti Turkiyaning beshinchi texnika universiteti va Bursaning ikkinchi davlat universiteti hisoblanadi. Ta’sischi rektor prof. Dr. Ali Sürmen hisoblanadi. 2022-yil 23-dekabr holatiga koʻra rektor prof. Dr. Naci Çağlar boʻlgan.

Tarix



Bursaning ikkinchi davlat universiteti va Turkiyaning beshinchi texnik universiteti sifatida 2010-yilning 21-iyulidagi 27648-sonli “Oliy ta’lim muassasalarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qonun bilan 2010-yilning 21-iyulidagi Rasmiy gazetada e’lon qilingan. Shuningdek 6005-sonli “Ayrim qonunlar va qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qonunga muvofiq 6 ta fakultet, 2 ta institut va 1 ta kollej bilan tashkil etildi.

2011-yil Osmangazi shaharchasida 10 gektar maydon ajratildi. Merinos Otaturk Kongress madaniyat markazining bir qismi Bursa shahar hokimiyatidan ijaraga olingan va Mashinasozlik va kimyo fakultetlariga ilk bakalavriat talabalarini qabul qilgan. 2012-yilda Yildirim kampusi foydalanishga topshirildi. Universitet kutubxonasi tashkil etilib ilk kitoblar xarid qilindi. Osmangazi kampusi da oshxona, sinf xonalar va laboratoriyalar foydalanishga topshirildi. Mimar Sinan Kampusi 2016-yilda foydalanishga topshirildi.

Akademik birliklar



Bursa Texnika Universitetida 6 fakultet, 1 institut, 1 kollej va 12 tadqiqot markazi mavjud.

Fakultetlar

Talabalar va ilmiy xodimlar soni



2021-2022-o‘quv yilida universitetda jami 8739 nafar talaba tahsil olgan. Ulardan 6915 nafari 46 ta yo‘nalish bo‘yicha bakalavriatda va 1824 nafari 58 ta yo‘nalish bo‘yicha magistraturada tahsil olgan. Talabalarning 8 % ini chet ellik talabalar tashkil etadi.

2022-yil holatiga ko’ra Universitetda 50 nafar professor, 42 nafar dotsent, 130 nafar doktor, 249 nafar oʻqituvchi va ilmiy xodim, shuningdek, 166 nafar ma’muriy va 97 nafar xizmat koʻrsatuvchi hodim ishlagan.

Kampuslar



Bursa Texnika Universiteti akademik, ilmiy tadqiqotlari va ta’lim faoliyatlarini Mimar Sinan va Yildirim kampuslarida davom ettirmoqda.

Havolalar



Rasmiy sayt

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz