Buriylar sulolasi




Buriylar sulolasi – XII asr boshlarida Damashq amirligida hukmronlik qilgan , asli turkiy bo'lgan sulola edi.

Tarix




Saljuqiylar davlatining mahalliy boshqaruvi muhim mahalliy hududlarda markazdan tayinlangan hokimlar tomonidan amalga oshirilgan. Mamlakat markazidan uzoqda joylashgan hududlarning bir qismi Saljuqiylar sulolasidan boʻlgan tobe hukmdorlar tomonidan boshqarilgan va bu Saljuqiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar Sulton yoki Malik unvonlarini olganlar. Masalan, Suriya Saljuqiylar davlati ilk bor tashkil etilganda Saljuqiylar sulolasidan bo'lgan Tutush ana shunday unvonga ega bo'lgan.

Buriylar sulolasining birinchi hukmdori Tugʻtekin edi. U oʻz hukmronligini Saljuqiylar imperiyasining Damashq hukmdori Tutushning oʻgʻli Duqoqning xizmatkori sifatida boshlagan. 1104-yil 8-iyunda Duqoqning oʻlimidan soʻng u shaharni egallab oldi va oʻz hukmronligini oʻrnatdi. Tugʻtekin Duqoqning beva xotiniga uylanib hokimiyat poydevorini yanada mustahkamlaydi. Tugʻtekin bir necha bor salibchilarga qarshi yurishlar uyushtirdi. 1119-yilda Mardin amiri Il-G‘ozi I bilan birgalikda Atarib va ​​Sardanani salibchilardan qaytarib oladi. 1128-yilda Tugʻtekin vafot etdi va Damashq amiri lavozimini uning oʻgʻli Toj al-Muluk Buriy egalladi.

Sulola Tugʻtekinning oʻgʻli Toj al-Muluk Buriy nomi bilan atalgan. Buriylar katta sovg‘alar evaziga Abbosiylar xalifaligi tomonidan tan olingan. Buning evaziga xalifalik amirlik ishlariga aralashmagan.

Buriylar shaharni 1154-yilgacha Halab hukmdori, Zangiylar sulolasining asoschisi Nur ad-Din Zangi egallaguniga qadar idora qilgan.

Buriylar 1126-yil Marj al-Saffor jangida salibchilarga magʻlub boʻldi, ammo Ikkinchi salib yurishining Damashqni egallashga boʻlgan urinishlariga toʻsqinlik qila oldilar.

Damashqning Buriy amirlari




Oila daraxti




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz