BURISHTIRUVCHI DORILAR



BURISHTIRUVCHI DORILAR — yallig’langan joydagi og’riqni kamaytiruvchi dorilar. Shuning uchun Burishtiruvchi Dorilar yallig’lanishga qarshi ishlatiladigan dorilar bilan birga qo’llaniladi. Burishtiruvchi Dorilar yallig’langan yoki kuygan joyga qo’yilganda to’qimalarning yuza qatlamida oqsillarni qisman ivitib, ichkaridagi to’qimalarni turli ta’sirotlardan saqlaydigan oqsil parda hosil qiladi. Ko’pgina o’simliklar (eman po’stlog’i, sariqchoy o’simligi, mavrak bargi, moychechak guli, shumurt va chernika mevasi va boshqalar) dan olinadigan oshlovchi moddalar, shuningdek ba’zi bir anorganik moddalar — vismut, qo’rg’oshin, alyuminiy birikmalari burishtiruvchi xususiyatga ega. Bu moddalardan tayyorlangan dorilar chayish (masalan, burunhalqum yallig’langanda), kuygan. jarohatlangan, yorilgan joylarga qo’yish va me’da ichak yo’li kasalligida ichish uchun ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz