BURIGIN VADIM ANATOLEVICH



BURIGIN VADIM ANATOLEVICH (1910.9.5, Olmaota — 1985, Toshkent) — botanik, ekolog, o’tloqshunos. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1964), biologiya fanlari Doktori (1953), professor (1956). O’zbekiston qishloq xo’jalik vazirligi lubkorlik tajriba stansiyasida direktor o’rinbosari va direktor (1933-39), O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutida bo’lim mudiri (1945-56), Toshkent qishloq xo’jaligi instituti botanika kafedrasi mudiri (1956 yildan). Urush qatnashchisi. Burigin g’o’za, kanop va boshqa tolali o’simliklarning yovvoyi turlari ekologiyasi, O’zbekistondagi cho’l va adirlarni unumdor qilish, emxashak bazasini ko’paytirish sohasida tadqiqot olib borgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz