BURHONLAR



BURHONLAR — Sadri jahon unvoni bilan mashhur bo’lgan Buxorodagi badavlat xonadon (12-asr). Burhonlar shaharning hanafiya mazhabidagi musulmonlar jamoasi boshlig’i (raisi) bo’lishi bilan birga shahar ma’muriyati ham ularning qo’lida bo’lgan. Shuning uchun Buxoroni bosib olgan ajnabiy hukmdorlar ham Burhonlarga va ularning mol-mulkiga daxhl qilmaganlar. Burhonlarda raislik mansabi otadan o’g’ilga meros bo’lib o’tgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz