Burhoniddin Marg‘inoniy mahallasi




Burhoniddin Margʻinoniy mahallasi  — Fargʻona viloyati Margʻilon shahrida joylashgan mahalla. Mahalla fuqarolar yigʻinida 2011-yildagi maʼlumotlarga koʻra 478 xonadon mavjud, 4 ming dan ziyod aholi istiqomat qiladi. Hududda 1 ta bolalar bogʻchasi, 2 ta oromgoh, 10 dan ortiq savdo shaxobchasi, 5 ta sartaroshxona, 15 ta qassobxona mavjud. Mahalla nomi musulmon olamida Burhoniddin val-milla nomi bilan dong taratgan Abu-l-Hasan Burhoniddin Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljamil al-Fargʻoniy ar-Rishtoniy al-Margʻinoniy sharafiga qoʻyilgan.

Burhoniddin Margʻinoniy mahallasi Margʻilon shahar hokimligi tomonidan 1993-yil 24-oktabr kuni roʻyxatdan oʻtkazilgan. Mahalla raisi — Joʻrayev Nodirjon Qodirjonovich.

Yana qarang



Maorif mahallasi

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz