Burhoniddin Atoulloh




Burhoniddin Atoulloh (15-asr, Ray – ?, Hirot) – shoir, olim va mudarris. Alisher Navoiy Burhoniddin Atoulloh Hirotda nufuzli oilada tarbiya topgani, Shohrux Mirzo madrasasida taʼlim olgani haqida maʼlumot bergan. Xondamir bergan maʼlumotga asosan Bahouddin Atoulloh Navoiy qurdirgan “Ixlosiya” madrasasida mudarrislik qilgan. Muammo ilmiga oid “Javohir ul-asmo” deb nomlangan asari bor. Shuningdek, Navoiyning muhrdorlik lavozimiga tayinlangani haqidagi qitʼasi oʻz davrida mashhur boʻlgan. Xondamir Burhoniddin Atoullohni aysh-ishratga moyil kishi, deb ataydi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz