BURGUTLI DOVONI



BURGUTLI DOVONI — Turkiston tizma tog’larining suvayirg’ich qismidagi dovon. O’zbekiston Respublikasi bilan Tojikiston Respublikasi chegarasida joylashgan. Balandligi qariyb 2960 metr. Burgutli dovoni orqali Sangzor vodiysidan Zarafshon vodiysiga piyoda yoki ulovda o’tish mumkin. Sangzor daresining yuqori oqimidagi Ko’kjarsoy orqali ko’tarilib Burgutli dovonidan Zarafshon daryosi vodiysiga (ziddi, Mingdona qishloqlari) Kozboysoydagi yo’l bilan tushiladi. Burgutli dovonidan iyun—sentabr oylarida foydalanish mumkin.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz