Burgun




Qiziltasma , chumchuqtili, burgun — torondoshlarga mansub bir yillik begona oʻt. Poyasi yotib, baʼzan koʻtarilib oʻsadi, boʻyi 25—60 sm. Sershox, boʻyi barobar barg bilan qoplangan. Barglari ellipssimon, nashtarsimon, kalta bandli, toʻpguli barg qoʻltigʻida joylashgan. Urugʻi pishib yetilgandan keyin ham gulqoʻrgʻoni qoʻngʻirqizil oʻralganicha qoladi. Urugʻi mayda, qora, uch qirrali. Oʻq ildizli, tuproqqa 20— 30 sm gacha kirib boradi. Q. barcha lalmikor va sugʻoriladigan yerlardagi gʻalla, ayniqsa, kuzgi don ekinlari, paxta maydonlarida koʻp uchraydi, tuproq tanlamaydi. Dorivorlik xususiyatiga ega.

Kurash choralari: dalalarga ekishdan avval treflan (1—1,5 kg/ga), ekish vaqtida esa kotoran (1— 1,6 kg/ga), kotofor (1 — 1,3 kg/ga) va prometrin (1,3—2,6 kg/ga)ning suvli suspenziyasi sepiladi; makkajoʻxori ekiladigan maydonlarda atrazin (1 kg/ga), agelon (0,8 kg/ga) qoʻllanadi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz