Burg'i




Burgʻi — burgʻilashda ishlatiladigan qurol. Ish organi togʻ jinslarini bevosita yemiruvchi (kesuvchi) keskich yoki koronka. B. 6 qirrali yoki dumaloq, yaxlit yoki ichi kovak, uchiga tomon ingichkalashib boruvchi sterjendan iborat. Togʻ jinslarini portlatishda portlovchi moddalarni joylash uchun chuqurcha va kovak (shpur)lar oʻyishda, quduqlarni burgʻilashda ishlatiladigan xillari boʻladi. Togʻ jinsining qattiqyumshoqligi, strukturasi va boshqa fizik xossalariga qarab har xil burgʻilash koronkalari ishlatiladi (qarang Burgʻilash jihozlari).

Manbalar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz