BURG’I



BURG’I — burg’ilashda ishlatiladigan qurol. Ish organi tog’ jinslarini bevosita yemiruvchi (kesuvchi) keskich yoki koronka. Burg’i 6 qirrali yoki dumaloq, yaxlit yoki ichi kovak, uchiga tomon ingichkalashib boruvchi sterjendan iborat. Tog’ jinslarini portlatishda portlovchi moddalarni joylash uchun chuqurcha va kovak (shpur) lar o’yishda, quduqlarni burg’ilashda ishlatiladigan xillari bo’ladi. Tog’ jinsining qattiq-yumshoqligi, strukturasi va boshqa fizik xossalariga qarab har xil burg’ilash koronkalari ishlatiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz