BURET



BURET — Rossiya Federatsiyasining Irkutsk viloyatidagi yuqori paleolit davriga oid manzilgoh. Angara daryosining o’ng qirg’og’ida, Suxoy o’zanida, Buret qishlog’i yaqinida joylashgan. A. P. Oyutdnikov topib o’rgangan (1936. 1937, 1939). Paleolit davriga doyr tosh va suyakdan qilingan buyumlar bilan bir qatorda karkidon, mamont, shimol bug’usi, zubr va boshqa hayvonlar suyaklari hamda 4 turar joy qoldig’i, 1 qush va 5 ayol haykalchasi topilgan. Ularning orasida mo’ynadan korjoma ko’rinishida tikilgan kiyim kiyib olgan ayol haykalchasi juda noyob topilmadir.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz