Burdagoʻy (qishloq)




Burdagoʻy — Surxondaryo viloyati Termiz tumani yaqinidagi qishloq. Mashhur tarixchi va geograf Hafiz Abruning (1361–1430) yozishicha XV asrda Amudaryo yaqinida Burdaguy qishlogʻi bo‘lgan. Burdaguy qishlog‘ining kelib chiqishi Aleksandr Makedonskiy (Iskandar Zulqarnayn) davriga borib taqaladi. Ushbu so‘z yunoncha “mehmonxona” ma’nosini ifodalaydi. Harbiy kartograf, general-mayor I.V.Bouverning (XVIII asr oxiri) xaritasida qadimgi Burdaguy shahrining yaqinida Burdalik aholi punkti ko‘rsatilgan. U yer Burdalikbeklar markazi bo‘lgan. Professorning taʼkidlashicha, Hafiz Abru tomonidan tilga olingan Burdalik — qadimgi Burdaguy shahriga toʻgʻri keladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz