Burchmulla xazinasi




Burchmulla xazinasi  — soʻnggi jez davriga oid moddiy madaniyat yodgorligi. Toshkeit viloyati Boʻstonliq tumaniyaagn Burchmulla qishlogʻi yaqinidan topilgan (1955). Burchmulla xazinasi topilmalari mil. av. 2—1-ming yilliklar mobaynida yaratilgan 1 nayza uchi, 4 paykon va 3 ot yugani toʻqasidan iborat. Nayza uchi (uz. 31 sm) ikki tigʻli, zoʻgʻatasi dumaloq, zoʻgʻata novi yon tomonlarida nayza dastasiga bogʻlashga moʻljallangan teshikchalar bor. Paykonlar 2 parrakli, yaproqsimon. Toʻqalar tugmasimon boʻlib, 2 tasining ilgagi kichkina, 1 tasiniki kattaroq. Burchmulla xazinasi yodgorliklari boshqa hududlardan topilgan Andronovo madaniyati yodgorliklariga koʻp jihatdan oʻxshash. Burchmulla xazinasi Oʻzbekiston FA ning Arxeologiya instituti fondida saqdanadi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz