Burbuk milliy bog'i




Burbuk (indonezcha: Taman Nasional Berbak) — Indoneziyaning Sumatra orolining sharqida, Jambi provinsiyasidagi milliy bogʻ. Janubi-Sharqiy Osiyodagi eng katta buzilmagan botqoqli oʻrmonning bir qismini, shuningdek, eng koʻp palma turlariga ega torf botqoqlarini tashkil qiladi. Maydoni — 1627km²

Bebak sharqiy Sumatraning allyuvial tekisligining bir qismini egallaydi. Bogʻning relefi asosan tekis boʻlib, shimoli-sharqiy yoʻnalishda oqib oʻtadigan bir qator daryolar bilan ajratilgan. Hududga taxminan 600 km² chuchuk suvli botqoq oʻrmonlari va 1100 km² tegmagan torf botqoqlari kiradi. Parkning sharqiy chegarasi mangrov oʻrmonlarining tor chizigʻi bilan chegaralangan qirgʻoqdir. Janub chegarasi Benu daryosi boʻylab oʻtadi.

Burbak yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan Sumatra yoʻlbarsi va qora tayanchli tapirning uyidir. Sumatra karkidonlarining kichik populyatsiyalari bu yerda soʻnggi yillarda koʻrilmaganiga qaramay, parkning ayrim hududlarida hali ham yashashi mumkin. Parkda 250 dan ortiq qush turlari yashaydi.

Hudud 1935-yildan beri qoʻriqlanadi (Gollandiya mustamlaka hukumati qonunlariga koʻra). 1992-yilda u milliy bogʻ maqomini oldi va Ramsar konventsiyasiga muvofiq xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan suv-botqoq hududi sifatida ham tan olingan. Park 1990-yillarda, asosan, noqonuniy daraxt kesish va yongʻinlar natijasida katta zarar koʻrgan. Eng katta yongʻinlar 1994 va 1997-yillarda boʻlib, ular bogʻning markaziy qismida Air Hitam Laut daryosi boʻylab 12 000 gektarga yaqin va Simpang Melaka daryosi boʻylab 4 000 gektarga yaqin maydonni yoʻq qilgan. Maʼlumotlarga koʻra, bogʻ hududining 25 % ga yaqini noqonuniy daraxt kesish va u bilan bogʻliq oʻrmon yongʻinlaridan zarar koʻrgan. Bogʻning boshqa muammolari — yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlash va tutishdir.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz