Buramashox echki




Morxoʻr , burama shoxli echki (Capra falconeri) — togʻ echkilari urugʻiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasining uz. 170 sm, boʻyi yagʻrinidan 90 sm ga, vazni 90 kg ga yaqin. Shoxlari parmaga oʻxshash buralgan. Juni jigarrang, baʼzan oqish. Erkaklarining boʻyni va koʻkragida uzun junlari bor. Shimoliy va Shim.-Gʻarbiy Hindiston, Jan.-Sharqiy Eron va Afgʻonistonda tarqalgan. Oʻzbekistonda Koʻhitang va Bobotogʻda uchraydi. Qoya toshli tik togʻ yon bagʻirlarida yashaydi. Soni juda kamayib ketgan. Oʻzbekiston va xalqaro Qizil kitobga kiritilgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz