Burak Özçivit




Burak Özçivit (talaffuzi: Burak Oʻzchivit; 1984-yil 24-dekabrda tugʻilgan) — turkiyalik aktyor va model, Choliqushi (2013—2014) va Sevgi iztirobi" (2015—2017) teleseriallaridagi rollari bilan tanilgan. U hozirda tarixiy sarguzashtga asoslangan Kuruluş: Usmon (2019-yildan hozirgacha) serialida Usmon Bey rolini ijro etmoqda. Aktyorlik faoliyati davomida Özçivit koʻplab maqtovlarga sazovor boʻlgan.

Yoshlik yillari



Burak Özçivit 1984-yil 24-dekabrda Turkiyaning Istanbul shahrida tugʻilgan. Taʼlimni Kazim Ismen oʻrta maktabida olgan va Marmara universiteti, tasviriy sanʼat fakulteti, foto boʻlimini tamomlagan.

Faoliyati



2003-yilda Özçivit Turkiyaning Top Modeli deb topiladi va Model Agentliklari bilan ishlay boshladi. 2005-yilda u dunyoning ikkinchi eng yaxshi modeli deb topildi. Ozchivitning aktyorlik faoliyati 2006-yilda Eksi 18 teleseriali bilan boshlangan. Keyinchalik " Zoraki Koja ", "Ihanet " va "Baba Ocagi " seriallarida suratga tushdi. U " Musallat " filmida va „ Gossip Girl “ning turkcha suratga olingan "Küçük Sırlar „ teleserialida suratga tushgan. “Muhtasham yuz yil" serialida Malkochogʻlu Bali Bey rolini oʻynagan

Keyin Fahriye Evcen bilan Rashod Nuri Guntekinning „Choliqushi“ romani asasida olingan serialda Kamron rolini oʻynadi. Evcen bilan birga Aşk Sana Benzer filmini suratga oldi va keyin Murat Boz bilan Kardeşim Benim filmida rol oʻynadi. 2015-yilda u „Sevgi iztirobi (teleserial)“ turk serialida Kemal Soydere rolini oʻynadi va bu serial butun dunyo boʻylab xitga aylandi. Shuningdek, u BRK’s production nomli ishlab chiqarish kompaniyasiga ega. Oʻzchivit oʻzining koʻp qirrali aktyorligi bilan mashhur va dunyodagi eng chiroyli erkaklardan biri sifatida tanilgan va Turkiyadagi eng koʻp maosh oladigan aktyorlardan biridir. 2019-yildan boshlab u „ Kuruluş“ nomli teleserialda Usmonli imperiyasining asoschisi Usmon I ni tasvirlaydi: Usmon seriali butun dunyo boʻylab mashhurlikka erishdi va Janubiy Osiyo, Markaziy Osiyo, Yaqin Sharq va Lotin Amerikasida juda mashhur.

Shaxsiy hayoti



Özçivit amaldagi musulmon. Istinye, Sariyer, Istanbulda istiqomat qiladi.

U 2017-yilning 9-martida Germaniyada turk aktrisasi Fahriye Evcen bilan unashtirilgan va ular 2017-yil 29-iyunda Istanbulda turmush qurishgan. 2019-yilda Karan ismli oʻgʻillari tugʻiladi. Maʼlumotlarga koʻra, Fahriye Burakning ikkinchi farzandiga homilador.

Filmografiyasi



Film




Televidenye




Reklama




Mukofotlar va nominatsiyalari



Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz