Burak Tozkoparan
Burak Tozkoparan (14-noyabr 1992-yilda tugʻilgan) — turk aktyori va musiqachisi.
Hayoti va karyerasi
Burak Tozkoparan Rizedan laz millatiga mansub oilada tugʻilgan. 2011-yil 2-aprelda Bostanchi Show Markazida oʻtkazilgan 14- Oʻrta maktab musiqa tanlovida „Eng yaxshi barabanchi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Turk Qizil Yarim Oyi Kartal Anadolu Litseyida vakillik qilganidan soʻng Okan Universitetiga kinomatografiya va televideniye fanlari boʻyicha oʻqishga kirgan. Shu bilan birga, u turli guruhlarning aʼzosi hisoblanib musiqachi sifatida oʻz faoliyatini davom ettirgan. U bir muddat Olcayto Ahmet Tugʻsuz kompaniyasida tuzilgan Pervane guruhining barabanchisi boʻlib ish faoliyatini davom ettirgan.
Aktyorlik faoliyatidagi birinchi qadamni 2014-yil StarTV da namoyish etilgan „Parmparça“ serialida Ozan Gurpinar roli bilan boshlagan. Birichi filmi 2016-yil 12-fevralda chiqqan Gonench Uyanik rejissyorligidagi „Hisobdagi Aşk“ boʻlgan. U „Kırgʻın Çiçekler“ yoshlar seriali, „Tek Yürek“ sport seriali, „Gençliğim Eyvah“ komediya seriali va „Destan“ seriallaridagi rollari bilan mashhur.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org