BUQALAR
BUQALAR (Bos) — juft tuyoqli sut emizuvchilar urug’i. Uzunligi 180-325 santimetr, dumi 70-140 santimetr, o’rkachining balandligi 62-180 santimetr, og’irligi 325-1200 kilogramm. Erkagi urg’ochisiga nisbatan ancha yirik. 5 turi ma’lum: banteng, Gaur, Kuprey, tur, yak. Tur 17-asrda Yevropada qirilib ketgan. Hozirgi Buqalar vakillari Yevropa, shim. Afrika, Old, O’rta, Janubiy va Markaziy Osiyoda hamda katta zond orollarida tarqalgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz