BUQA BALIQLAR (Gobiidae) okunsimonlar turkumining oilasi. Uzunligi 10 millimetrdan 20-30 santimetrgacha. Qorin suzgichlari birlashib so’rg’ichni hosil qiladi. 200 dan ortiq urug’i va 600 ga yaqin turi bor, dengizlarning tropik va subtropik qismida uchraydi. Dengiz, okean, sho’rlangan va chuchuk suv havzalari sohillari yaqinida hamda tubida hayot kechiradi. Qora dengiz va Kaspiy dengizida bubir Buqa baliqlar, Maula Buqa baliqlar, susik Buqa baliqlar, Orol dengizida esa Buqa baliqlarning 6 turi uchraydi. Bahorda uya yasab uvildiriq tashlaydi. Uvildiriqni erkagi qo’riqlaydi. Ayrim turlari (masalan, yumaloq Buqa baliqlar, qum buqa balig’i) ovlanadi. Buqa bishvdar: malla buqa baliq (yuqorida); susik buqa balig’i (pastda).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish