Bunzen Robert Vilgelm
Robert Wilhelm Eberhard Bunsen (talaffuzi:
Robert Vilhelm Eberhard Bunzen ; 31-march 1811 – 16-avgust 1899) olmon kimyogari boʻlgan. U Gustav Kirchhoff bilan birgalikda 1860-yili seziy, 1861-yili rubidiy unsurlarini ochgan. Bunsen gaz tahlili, fotokimyo, organoarsenik kimyo sohalarining kashshoflaridan biri boʻlgan. Yordamchisi Peter Desaga bilan hozirgacha laboratoriyalarda ishlatiluvchi Bunsen gorelkasini yaratgan.
Marburg (1838-yildan) va Geydelberg universiteti (1852— 89) professori. B. kumirpyx galvanik elementini ixtiro qilgan (1841).
Metall holdagi magniy, litiy, kalsiy, stronsiy va bariylarni elektroliz yoʻli bilan olgan. Gaz analizi usulini ishlab chiqqan. G. R. Krixgof bilan birga spektral analizga asos solgan. Gaz gorelkasi, yogʻ dogʻli fotometr, muz kalorimetri va boshqalarni kashf etgan.
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org