Bunos
Bunos (qadimgi yunoncha: Βουνός), shuningdek,
Bun — qadimgi yunon afsonalaridagi qahramonlardan biri. Germes va Alkidamey oʻgʻli. Korinfning afsonaviy qiroli.
Qadimgi yunon yozuvchisi Pausanias korinflik Eumelning bizgacha yetib kelmagan asariga (miloddan avvalgi VIII asr) tayangan holda shunday yozadi: Helios Asopiya mamlakatini bir oʻgʻli Aloega, Efirni boshqa oʻgʻli Eetga bergan. Eet Kolxlar yeriga borganida podshohlikning bir qismini Bunosga taqdim etadi. Bu holatda, Germesning oʻgʻli vaqtinchalik hukmdor boʻladi. Chunki u qonuniy qirol yoʻqligida qirollikni Eet yoki merosxoʻrlariga saqlash majburiyatini zimmasiga olgandi. Bunos vafot etgach, Efir yoki Etherea yerlari (keyinchalik, Korinf va shahar atrofidagi hududlar bilan uygʻunlashib ketgan) Aloyeyaning oʻgʻli Epopeusga oʻtgan.
Qadim davrlarda Korinfdan Akrokorinfga boradigan yoʻl boʻyidagi tepalikda Hera Bunai ibodatxonasi boʻlgan. Afsonalarga koʻra, uni Bunos oʻzining vaqtinchalik hukmronligi davrida qurdirgan.
Qadimshunoslar „tepalik“, „uyum“ maʼnolarini anglatuvchi „Βουνός“ soʻzi Yer xudosi sifatida bilingan Germesga ishora qiladi, degan tahminlarni ilgari surdilar. Shu maʼnoda bu nomni „togʻ xoʻjayini“ sifatida ham qabul qilish mumkin
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org