Bunin Ivan Alekseevich
Ivan Alekseyevich Bunin (1870.10 (22) 10, Voronej 1953.8.11, Parij) — rus shoiri. Peterburg Fanlar akademiyasi faxriy akademik (1909). 1920-yildan emigratsiyada. Poeziyada rus mumtoz sheʼriyati anʼanalarining davomchisi ("Xazonrezgi", toʻplam, 1901). Hikoya va povestlarida (koʻpincha oʻtmishni qoʻmsash kayfiyatiga berilgan holda) dvoryanlar xonadonining qashshoqlashuvi ("Antonov olmalari", 1900), qishloqning ogʻir qismati ("Qishloq", 1910; "Qaqragan vodiy", 1911), turmush maʼnaviy asoslarini unutishga mahkumlik fojiasi ("Sanfransiskolik janob", 1915) yaqqol tasvirlangan. Kundalik tarzidagi "Badbaxt kunlar" (1918-yil, 1925-yilda nashr etilgan)da oktyabr toʻntarishi keskil rad etilgan; Rossiyaning oʻtmishini tiklash, adibning oʻz bolalik va yoshligiga qaytish kayfiyatlari aks etgan. Sevgi haqidagi hikoyalarida ("Mityaning sevgisi", 1925); "Qorongʻi xiyobonlar" (1943) kitobida insoniyat taqairining fojiaviyligi qalamga olingan. B. memuarlar yozgan. G. Longfelloning "Gayavata haqida qoʻshiq" (1896) asarini tarjima qilgan. Nobel mukofoti laureati (1933).(1887 1953) ижод килган
Manbalar
uz.wikipedia.org