Bundahsin
VII asrda otashparast bir ruhoniy tarafidan yozilgan va otashparastlikning g‘oyasini o‘zida mujassamlashtirgan qomusiy asar. IX asrda qayta ishlangan nusxasi bizgacha yetib kelgan. Vest tarafidan qilingan tarjimasi bor. Mifologik xarakterdagi asar. Unda olamning – yaratilishi”, oliy nasab tangri Axura Mazdaning dev (Angra Manyu) bilan urushlari va do‘zax haqidagi hikoya qilinadi. Lekin Eronning madaniy hayoti, o‘simlik va hayvonot dunyosi, tabobat, astronomiya, mahalliy xalqning e’tiqodi haqida ham ma’lumotlar uchraydi.
“Ardaverax namak” (“Ardaverax haqidagi doston”) – Koxin Ardaveraxning jannat va do‘zaxdagi sarguzashtlari hikoya qilinadi, jazo ro‘yxati ham keltiriladi.
uz.wikipedia.org