BUNAK VIKTOR VALERIANOVICH
BUNAK VIKTOR VALERIANOVICH (1891. 23.9, Moskva — 1979) — antropologiya maktabi asoschisi, biologiya fanlari Doktori (1935), professor (1925). Moskva universiteti antropologiya ilmiy tadqiqot institutining direktori (1924-30), biologiya fakultetida va antropologiya institutida odam morfologiyasi bo’limi boshlig’i (1930— 48). “Rus antropologik jurnali” Bosh muharriri (1923-31). Rossiya Fanlar Akademiyasi etnografiya institutining antropologiya sektorida katta ilmiy xodim (1949). Bunakning asosin ishlari odam morfologiyasi, irqchilik, antropogenez, odam genetikasi, nutqning kelib chiqishi masalalariga oid. Bunak Teshiktosh g’oridan topilgan bolaning bosh suyagidagi miya bo’shlig’i tuzilishini tekshirib, uning “neandertal” odamlarga o’xshashligini isbotlagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz