Bumaga, Vlad
Vladislav Andreevich (
Vlad )
Bumaga ( belaruscha: Уладзіслаў Андрэевіч (Улад) Бумага ; 1996 yil 5-iyun, Minsk ),
Vlad A4 yoki
A4 - belaruslik videoblogger, qo'shiqchi, YouTube kanallarining "A4" va "A5" yaratuvchisi va egasi, instablogger . U YouTube platformasining rus tilidagi eng mashhur videoblogerlardan biri sanaladi .
Biografiya
Vladislav Bumaga 1996 yil 5 iyunda Minsk shahrida boshlang'ich sinf o'qituvchisi va muhandis Andrey Bumaga oilasida tug'ilgan.Bolaligini Serebryanka mikrorayonida o'tkazdi .
To'qqiz yil davomida u xokkry bilan shug'ullangan . "Динамо" va "Юность" bolalar va o'smirlar sport maktablarida hujumchi sifatida o'ynagan. U bir yil Chexiyada tahsil oldi . Jarohatdan keyin u sportni tark etdi .
U FK «Динамо» muxlisi. 2023 yilning may oyida "Lokomotiv" ga qarshi o'yinini ramziy zarba bilan ochdi .
Karyera
2014-yil 29-noyabrda Vlad Bumaga oʻzining YouTube kanalini “ A4 ” nomi bilan roʻyxatdan oʻtkazdi, bu oʻzining haqiqiy familiyasi Bumaga ya'ni qog'ozning turini tasvirlab beradi. Shon-sharaf 2016 yil dekabr oyida«24 часа в батутном центре» videosi yuklaganidan so'ng erishi, o'shanda obunachilar soni bir oy ichida 200 mingdan 1 million kishigacha o'sdi .
Vlad musiqachi sifatida o'z karerasini 63 million marta tomosha qilingan "Тает лёд" qo'shig'iga taxlid bilan boshladi . 2018 yil 12 avgustda u "Батя" videosini chiqardi va 2019 yil 31 mayda Katya Adushkina bilan birgalikda "Огонь" qo'shig'ini ommaga tarqatdi
2019 yildagi YouTube Rewind videosiga ko'ra, Vlad Bumaga "Покупаю всё, что ты можешь унести из магазина! » videoroligi sababli eng ko'p yoqtirilgan videoblogerlar orasida 9-o'rinni egalladi .
2020-yil 7-fevralda u “Вечерний Ургант” dasturining mehmoni boʻldi .
"A4" asosiy kanaliga qo'shimcha ravishda, Vlad Bumaga 2019 yil oktyabr oyida boshqotirmalar mavzusida "Головной Рис" kanalini va 2019 yil dekabr oyida "A5" eksperimentlar haqida kanalni ochdi .
Analitik kompaniya "AMDG" ma'lumotlariga ko'ra, 4,7 million obunachi bilan TikTok ijtimoiy tarmog'idagi ikkinchi eng mashhur Belarus blogeridir .
2020 yilda Vlad Forbes jurnalining "Yangi media" nominatsiyasida "30 yoshgacha bo'lgan eng istiqbolli rossiyalik 30ta yoshlar" reytingiga kiritildi, ammo g'olib chiqa olmadi - Nurlan Saburov, Yuliya Posh va Tatyana Stolyar g'olib deb topildi .
2021 yil oxirida YouTube Rossiyadagi “Eng yaxshi mualliflar” reytingida birinchi o‘rinni egalladi .
Biznes faoliyati
Lava-lava
2021 yilda Vlad «Бумажная Бумага» kompaniyasini ro'yxatdan o'tkazgan. Bu kompaniya «Данон Россия», do'konlar «Пятёрочка» va «Дикси» bilan hamkorlik qilgan. i. Ushbu kompaniya Lava-Lava brendi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi .
2022 yilda Vlad Lava-Lava brendi ostida turli xil yegulik va ichimliklar ishlab chiqaradigan yangi biznesni yo'lga qo'ydi .
A4 pizza
2023 yil avgust oyida Anton Pinskiy restorani bilan birgalikda Vlad Rossiyada o'zining yetkazib berish va pitseriya tarmog'ini ochdi - "A4 pizza" .
Tanqid
2021-yilda amerikalik bloggerlar MrBeast va JustDustin Vlad Bumaga plagiatda aybladilar - haqiqiy video mualliflarini ruxsatisiz videolar uchun sarlavha va g'oyalarni nusxalash .
Shahsiy hayot
U belaruslik videobloger va qo'shiqchi Yuliya Godunova bilan munosabatda .
Diskografiya
Mini albomlar
Qo'shiqlar
Mukofotlar va nominatsiyalar
Reytinglar
Manbalar
uz.wikipedia.org