BUM (inglicha boom — shov-shuv) — 1) ishlab chiqarish narxlari va boshqa xo’jalik ko’rsatkichlarining tezkor o’sishi bilan tavsiflanadigan iqtisodiy tsiklning yuqori fazasi; tovarlar narxlari va qimmatbaho qog’ozlar kursining ko’tarilishi ko’rinishida yuz beradigan ishlab chiqarish va savdoning qisqa muddatli yuksalishi. Ishlab chiqarishdagi Bum ko’pincha iqtisodiy tanglik boshlanishidan oldin ro’y beradi; 2) biror voqea, hodisa, shuningdek kimsa to’g’risida mish-mish, shov-shuv ko’tarilishi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish