Buloqsoy (Oqmo'la viloyati)
Buloqsoy (qozoqcha: Бұлақсай; 2006-yilgacha — Novovladimirovka) — Qozogʻistonning Oqmoʻla viloyati Arshali tumanidagi qishloq. Ma'muriy markazi Buloqsoy qishloq okrugi. KATO kodi - 113451100.
Geografiyasi
Buloqsoy qishlog'i Arshali tumanining shimoliy qismida bo'lib, tuman maʼmuriy markazi – Arshalidan qariyb 51 kilometr shimolda joylashgan.
Dengiz sathidan balandligi 383 metr.
Eng yaqin aholi punktlari: janubda Saryoba stansiyasi, sharqda Oqjar qishlog'i.
Qishloq yaqinidan – KS-31 “Ostona shahrining sharqiy aylanma yoʻli – Saryoba stansiyasi” avtomobil yoʻli o'tgan .
Aholisi
1989-yilda qishloq aholisi 1145 kishini tashkil qilgan (shundan ruslar - 37%, qozoqlar - 37%).
1999-yilda aholi 942 kishi (492 erkak va 450 ayol) bo'lgan. 2009-yilgi aholini ro'yxatga olish ma'lumotlariga ko'ra, qishloqda 840 kishi (416 erkak va 424 ayol) yashagan.
Ko'chalar[7]
Manbalar
uz.wikipedia.org