Buloqboshi tabiati




Buloqboshi tumani - tuman hududi togʻ va togʻ oldi tekisliklaridan iborat. Iqlimi keskin kontinental. Yanvarning oʻrtacha harorati — 3,5 °C, iyulniki 26 °C. Yiliga 180–190 mm yogʻii tushadi. Vegetatsiya davri 230 kun. Tuman hududidan Janubiy Fargʻona kanali, Aravonsoy oqib oʻtadi. Tekisliklar boʻz, qoʻngʻir tuproqlar, adirlar qumtosh, mergel, lyoss va chaqirtoshlar bilan qoplangan. Yovvoyi oʻsimliklardan shoʻra, shuvoq, momaqaymoq. yalpiz, qamish, bangidevona, yantoq, otquloq, yulgʻun, ajriq, qirqboʻgʻin, gʻumay, quypichan, qoʻytikan usadi. Echkemar, qashqaldoq, toshbaqa, jayran, tulki, ilon, kaltakesak, tipratikan; qushlardan kaklik, bedana, laylak, yovvoyi oʻrdak, soʻfitoʻrgʻay, sassiqpopishak, qargʻa, zagʻizgʻon, mayna, boyoʻgʻli, burgut va boshqalar yashaydi.

uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz