Bulgakov Pavel Georgiyevich




Pavel Georgiyevich Bulgakov (1927.6.6 — Toshkent — 1993.28.10) — manbashunos, arabshunos. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1979). SanktPeterburg universitetning sharqftini tugatgan (1951). Shu untda oʻqituvchi (1954—57). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida katta ilmiy xodim (1964—70), direktor oʻrinbosari (1970-yildan). B. Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asarini rus tiliga tarjima qilishda ishtirok etgan. "Abu Dulafning ikkinchi risolasi" asarini rus tiliga (A. Xolidov bilan hamkorlikda) tarjima qilgan, nashr ettirgan (1960).

U Beruniyniig "Tahdid nihoyot ila mokin li tashih masofat ilmasokin" ("Geodeziya") asarining arab tilidagi tanqidiy matnini birinchi marta Qohirada chop ettirgan (1962), soʻng uni rus tiliga tarjima qilib, izohlar bilan Toshkentda nashr qildirgan (1966).

B. "Beruniyning hayoti va ijodi" asari muallifi (1972). Beruniyning saylanma asarlarining 5 jildiga kirgan "Masʼud qonuni" asari va boshqa mat., astronomiyaga oid risolalarini rus tiliga tarjima qiladi (1973). B. Xorazmiy haqida ham asarlar yozgan.

B. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureata (1971).

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz