Buldozer
Buldozer (ing. bulldozer — katta qismlarni maydalash) — 1) tuproq, qum, shagʻal, mayda tosh, togʻ jinslari va boshqa toʻkma materiallarni 200 m gacha masofaga surish va toʻplash, zovur va chuqurlarni tuproq bilan toʻldirish, yerni tekislash, axlat va chiqindilarni yigʻish, aerodrom, yoʻl va maydonlarni qordan tozalash uchun moʻljallangan mashina. Yoʻl qurilishi, gidrotexnika inshootlari (toʻgʻon, damba va boshqalar) qurilishi, qishloq xoʻjaligida ishlatiladi. B. yerni kesib suradigan moslama, rama, moslamani koʻtaribtushiruvchi gidravlik yoki chigʻirli (arqonblok tizimli) mexanizmlar va ularni boshqarish tizimlaridan iborat.
B.larning quyidagi xillari bor: a) kesib suruvchi moslama (otval)ming ishlash usuliga qarab, otvali buriladigan va otvali burilmaydigan; b) otvalini boshqarish mexanizmiga qarab, gidravlik; arqon (tros)blok tizimli; v) traktorning yurish qismiga qarab, gʻildirakli va gusenitsali; 2) mashinasozlikda — metallni qizdirib yoki sovuqlayin bukib, turli shakldagi detallar tayyorlanadigan gidravlik yoki krivoship mexanizmli qurilma (press). B. koʻplab mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalarning temirchilikshtamplash sexlariga oʻrnatiladi. Krivoship mexanizmli B. staninasining yoʻnaltiruvchilari / da polzun 2 (rasm) yuradi. Egish shtamplari polzunga va stanina tiraklari 3 ga bolt 4 lar bilan mahkamlab qoʻyiladi. Gidravlik B.ning polzuni suyuqlik taʼsirida harakatlanadi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org