Bulbulga bir gapim bor
„Bulbulga bir gapim bor“ — oʻzbek shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 1987-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan. Kitobning nomi „Nilufar“ sheʼridan olingan:
Qoʻlim yetmas bu gulga manim,
Qoʻlim yetmas, nimasin aytay.
Bir gapim bor bulbulga manim,
Uni yigʻlab-yigʻlab uygʻotay.
„Bulbulga bir gapim bor“ sheʼrlar toʻplamiga: „Yuragim“, „Yigirmanchi asr“, „Ota“, „Oʻzbekning ayollari“, „Brigadir“, „Mehmon“, „Savol“, „Bir kecha“, „Xirmondagi bola“, „Moʻminjon“, „Singlimga maktublar“, „Ey, dil“, „Inson“, „Nido“, „Oʻzim yomon...“, „Unutish (Shokirga)“, „Kumush“, „Koʻngil yigʻisi“, „Zebixon“, „Bobur“, „Toshkent“, „Taraqqiyot“, „Temirlar nidosi“, „Qari qiz“, „Yuvosh oʻgʻil“, „Oʻgʻlimga aytmagan qoʻshigʻim“, „Madina“, „Muttaham“, „Loʻttivozlar“, „Kinoga kirmayman“, „Tugʻilgan kunda“, „Sodda tilak“, „Xolmat akaga“, „Yaxshi bola (Xayrulla Saʼdiyevga)“, „Jangchi-shoir maktubi“, „Kokilingni kim kesdi“, „Adabiyot muzeyida“, „Nozim xikmat“, „Anjelika“, „Foziljonning onasi“, „Mirzamurod dehqonning nevaralariga aytganlari“ kabi turli mavzulardagi sheʼrlar kiritilgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org