Bulat




Bulat (fors, poʻlod — poʻlat) — tarkibida temir va ugleroddan boshqa elementlar deyarli boʻlmaydigan juda qattiq elastik quyma poʻlat. Oʻziga xos tuzilishiga ega, sirti "naqsh"li jilolanib turadi. Ilgari Hindiston, Oʻrta Osiyo, Eron va Suriyada (Damashq poʻlati nomi bilan) tayyorlangan; undan, asosan, gʻoyat pishiq va oʻtkir tigʻli qilich, xanjar va boshqa buyumlar yasalgan. Qadimda B. tayyorlash usuli sir saqlanib kelinar edi. Uning sirini rus metallurgi P. Anosov (1799—1851) ochdi. Texnikada B. poʻlati deb yuritiladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz