Bulanjerit




Bulanjerit (fransuz mineralogi Sh. Bulanje nomi bilan atalgan, 1849) — mineral. Kimyoviy formulasi Pb5Sb4SM. Monoklin singoniyali. Uzun ignasimon va koʻpincha tolasimon yoki shuʼlasimon tuzilishli agregatlar. Rangi kumushsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattiqdigi 2,5—3. S.ogʻ. 5,8— 6,2. B. murakkab polimetall formatsiyalarning rudali tomirlarida uchraydi. B. konlari Rossiya Federatsiyasi (Ural), Ukraina (Donbass), Fransiya, Shvesiya, Chexiya, AQSH va Germaniyada topilgan. Oʻzbekistonda B. polimetall (Olmaliq, Yongʻoqli), vismut (Ustasaroy), margimush (Burchmulla), molibden (Chavata) konlaridan topilgan. B. ikkinchi darajali qoʻrgʻoshin rudasi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz