BULANJERIT
BULANJERIT (frantsuz mineralogi Sh. Bulanje nomi bilan atalgan, 1849) — mineral. Kimyoviy formulasi Pb5Sb4SM. Monoklin singoniyali. Uzun ignasimon va ko’pincha tolasimon yoki shu’lasimon tuzilishli agregatlar. Rangi kumushsimon kulrang, metallsimon yaltiraydi. Qattiqligi 2,5—3. Sof og’irligi 5,8— 6,2. Bulanjerit murakkab polimetall formatsiyalarning rudali tomirlarida uchraydi. Bulanjerit konlari Rossiya Federatsiyasi (Ural), Ukraina (Donbass), Frantsiya, Shvetsiya, Chexiya, AQSh va Germaniyada topilgan. O’zbekistonda Bulanjerit polimetall (Olmaliq, yong’oqli), vismut (Ustasaroy), margimush (Burchmulla), molibden (Chavata) konlaridan topilgan. Bulanjerit ikkinchi darajali qo’rg’oshin rudasi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz