Bulandi (tuman)
Bulandi tumani — Akmola viloyatining markaziy qismida joylashgan. Tuman 1930-yili Makinskiy tumani nomi bilan tashkil topgan. Aholisi 34,768 kishi (2013). Maydoni 6 400 km². Tumanning maʼmuriy markazi — Makinsk shahri.
Geografiyasi
Tuman Akmola viloyatining markaziy qismida joylashgan. Shimoliy tomonidan Burabay, shimoli-sharqidan Yenbekshilder, sharqidan Oqkoʻl, janubida Astraxan, janubi-gʻarbida Otbosar, gʻarbida Sandiqtau tumanlari bilan chegaradosh. Tuman hududi orqali 343,7 km avtomobil yoʻli oʻtadi, uning 31 km respublika, 110 km viloyat, 202,7 km tuman ahamiyatiga egadir. Almati — Astana — Petropavlovsk temir yoʻli va Astana — Koʻkshetov avtomobil yoʻli oʻtadi.
Aholisi
Tuman aholisining soni 36 638 kishi, ularning oʻrtacha zichligi 1 km²-ga 7,3 kishidan toʻgʻri keladi. Tuman aholisining milliy tarkibi (1-yanvar 2010-yil):
Tarixi
1936-yili 29-iyulda Shimoliy Qozogʻiston viloyatining, 1939-yili 14-oktyabrda Akmola viloyatining tarkibiga kirdi. 1957-yili tuman markazi Voznesenka qishlogʻidan Makinsk shahriga koʻchirildi. 1963-yili yanvar oyida tuman parchalinib, 1964-yili qaytadan tashkillashtirildi. 1997-yili 14-noyabrdan boshlab Bulandi tumani boʻlib nomlanmoqda. Tuman markazi — Makinsk shahri, 1914-yili qishloq mavqei bilan tashkil topib, 1945-yili tuman ahamiyatiga ega shahar maqomi berildi.
Katta qishloqlari
Ijtimoiy soha
Tumanda 14 ta klub, 30 ta kutubxona, 40 dan ziyod umumiy bilim beruvchi maktablar (ikkitasi maktab-bola bogʻcha), musiqa maktabi, bolabogʻchalar, kasbiy-texnik uchilish, 30 ta tarixiy obidalar, 5 ta monument bor. Tibbiyot mahkamalaridan tuman kasalxonasi, shifoxona, 8 qishloq shifokorlik ambulatoriyalar, tez yordam statsionarlar, 3 ta feldsher-akusherlik, 24 ta feldsherlik punktlar xalqqa xizmat qilmoqda. Qozoq tilida „Bulandi tani“ va rus tilida „Vesti Bulandi“ ijtimoiy-siyosiy gazetalari chiqariladi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org