Bulaev
Bulayev — Shimoliy Qozogʻiston viloyatidagi shahar, Magʻjan Jumabaev tumanining markazi (1928). Aholisi 8 ming kishi (2012). Viloyat markazi — Petropavlovsk shahridan sharqqa tomon 90 km masofada, Transsibir (Janubiy Sibir) temir yoʻl magistralining yoqasida, „Qamistisay“ deb nomlanuvchi uzun, keng soyda, oʻrmonli hududda joylashgan. 1894-yilda asos solingan.
Tarixi
Poydevori 19 asrning 90-yillarida Transsibir temir yoʻl magistralini barpo etish maqsadida temir yoʻl stansiyasi boʻlib qurildi. 1936-yildan buyon tuman markazi. Bulayev 1940-yilda qishloq, 1969-yildan buyin tuman tarkibidagi shahar.
Sanoati
Shaharda elevator, „non zavodi“, „Yogʻ ishlab chiqarish zavodi“ aksioner jamoatlari, qurulish va avtomabil korxonalari, v.h. faoliyat yuritadi. Sinch uysozligi zavodi, tikuvchilik fabrikasi, oziq-ovqat korxonalari bor.
Ijtimoiy soha
Bulayevda 4 oʻrta maktablar, 3 ta kutubxona, 2 madaniyat uyi, kasalxona, silga qarshi dispanser, sanitar-epidemiologiya stansiyalari, dorixonalar, v.h. faoliyat yuritmoqda. Bulayev orqali respublika ahamiyatga ega Petropavlovsk — Omsk avtomobil yoʻli oʻtadi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org