Bukrilik




Bukrilik , bukirlik — umurtqa pogʻonasining qiyshayib, doʻppayib chiqib qolishi. B.ka bir yoki bir nechta umurtqalarning lat yeyishi, sil, raxit va boshqa kasalliklar tufayli shikastlanishi (qarang Spondilit), shuningdek goʻdakni juda erta oʻtirishga oʻrgatish sabab boʻladi. B. odatda koʻkrak qafasining qiyshayishi bilan kechadi. Umurtqa pogʻonasining sili oqibatida kelib chiqqan B.da bemorni ogʻriq, isitma bezovta qiladi, baʼzan bukri boʻlgan joydan yiring oqib, bir necha yilgacha bitmaydi. B.ning oldini olish uchun shikastlangan umurtqani oʻz oʻrniga tushirish, korset taqish, maxsus jihozlangan karavotlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bolalarni barvakt oʻtqizmaslik, orqa muskullarini massaj qilib turish kerak. Davo B.ka sabab boʻlgan asosiy kasallikni davolashdan iborat.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz