BUKRAA
BUKRAA — Saxroi Kabirning shimol qismidagi kon, dunyodagi eng kata fosforit konlaridan. 1973 yilda ishga tushirilgan. Kon yuqori bo’r davri gilkremniy ohaktoshli jinslarida joylashgan. Sanoat miqyosida uyumlari donador fosforit qatlamlaridan (qalinligi 2-6 metr) tuzilgan. 50-90% fosfat donalaridan va faunalarning fosfatlashgan qoldiq qo’shimchalari (mollyuska, foraminifera, reptiliya, baliqlar) dan iborat. R2O5 miqdori 30-33%. Fosforitlarda har doim ko’p miqdorda (0,005—0,07%) uran, goho nodir yer elementlari (0,07—0,3% gacha) va pirit uchraydi. Fosforitning umumiy zaxirasi qariyb 10 milliard. tonnaga teng. Konning asosiy markazi — Buk.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Sun'iy intellekt javobi:
Salom! "Bukraa" soʻzi haqida aniq maʼlumot berishga yordam berish uchun, iltimos, bu soʻz qaysi kontekstda ishlatilayotganini yoki nimani anglatishini aniqlashtirib bera olasizmi? Masalan, u qaysi sohada qoʻllanadi (tilshunoslik, madaniyat, texnologiya va hokazo) yoki boshqa maʼlumotlar bormi? Shunda sizga batafsil va aniqroq maʼlumot taqdim eta olaman.
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz