Bukish stanogi




Bukish stanogi — yogʻochni bukib zarur shakl beradigan qurilma; ishi yogʻochning plastik xossasidan foydalanishga asoslangan. Yogʻoch B.yeda bukilganda yogʻoch zarralari orasidagi bogʻlanish buzilmagani, yaʼni yogʻoch tolalariga zarar yetmagani holda barqaror egri chiziq shaklidagi detal hosil boʻladi. Yogʻochning jinsiga qarab, u presslab yoki presslamay bukiladi. Bukish stanogi ga almashinadigan andaza oʻrnatib, metall shinaning old uchi bilan biriktiriladi. Andaza ishlov beriladigan zagotovkaga kerakli (egri chiziqli)shakl berish uchun xizmat qiladi. Presslab bukishda qisuvchi rolik bukish jarayonida zagotovkani tolasiga koʻndalang tarzda presslaydi. Presslamay bukishda qisuvchi rolik olib qoʻyiladi yoki yoniga suriladi. Bukishdan oldin zagotovkaga gidrotermik (suyuklikissiklik) ishlovi beriladi. Bukish stanogi mebel, changʻi, gʻildirak va boshqa buyumlar ishlab chikarishda keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz