Buka Boxing
Buka Boxing — sport kiyimlari, poyabzallari va jihozlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Oʻzbekiston kompaniyasi. Kompaniyaning bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan. Kompaniyaning nomi oʻzbekcha „buqa“ soʻzidan olingan. Kompaniya „Buka“ brendi ostida oʻz mahsulotlarini loyihalashtiradi, targʻib qiladi, ishlab chiqaradi va bozorga chiqaradi. Buka Boxing asosan sport tadbirlariga homiylik qilish orqali reklama qilinadi.
Tarixi
Kompaniya 2017-yilda tashkil etilgan. Ushbu brend mahsulotlarni ishlab chiqarish Oʻzbekistondagi fabrikada amalga oshiriladi. Kompaniya bugungi kun talabidan kelib chiqib, mijozlariga barcha turdagi sport kiyimlarni taqdim etib kelmoqda.
Kompaniya 2018-yilda Toshkent markazida oʻzing rasmiy flagman do‘koni ochidi.
Doʻkonlar Oʻzbekistonning Urganch, Andijon va Termiz, Olmaota (Qozogʻiston) shaharlarida, shuningdek, Oʻsh va Bishkekda (Qirgʻiziston) ishlaydi.
Kompaniya YeII(Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi), Markaziy Osiyo, Yevropa va Shimoliy Amerika mamlakatlaridagi bir qator federatsiyalar va assotsiatsiyalar, yakkakurashlar sohasidagi promouterlik tashkilotlarining texnik homiysi hisoblanadi.
Homiylik
Buka Boxing homiyligi ostida:
Boks Uzbek Tigers jamoasi
Firuza Sharipova
Roy Jons
Mehrubon Sanginov
MMA Xabib Nurmagomedov
Mahmud Murodov
Dovletjan Yagshimuradov
Zabit Magomedsharipov
Zubayra Tuxugov
Ramazon Temurov
Rustam Xabilov
Islom Maxachev
Umar Nurmagomedov
Tagir Ulanbekov
Sergey Morozov
Qayrat Ahmedov
Jalgas Jumagulov
Rustam Kerimov
Sport federatsiyalari
Oʻzbekiston sambo federatsiyasi
Oʻzbekiston boks federatsiyasi
O‘zbekiston havaskor va professional kikboksing federatsiyasi
O‘zbekiston taekvondo federatsiyasi
O‘zbekiston boks federatsiyasi Dushanbe
Manbalar
uz.wikipedia.org