BUJ
BUJ (Fransuzcha boudie—zond) — jarrohlik asbobi; odam organizmidagi chandiqlanib torayib qolgan naysimon a’zolar (qizilo’ngach, siydik yo’li va boshqalar) ni kengaytirish va tekshirish uchun ishlatiladi. Buj yo’g’on va ingichka bo’lib, metall, kauchuk, plastmassadan yasaladi. Elastik hamda yumshoq bo’ladi. Har bir bemor uchun maxsus yo’g’onlikdagi Buj tanlab olinadi. Quloq, hiqildoq, kekirdak, shuningdek qizilo’ngach va qon tomirlari Buji ham bor. Buj ishlatishdan oldin sterillanadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz