Buharin Nikolay Ivanovich




Nikolay Ivanovich Buharin (1888-1938) — siyosiy arbob, akademik (1928). Rossiyadagi 1905–07 va 1917-yilgi (oktabr) inqiloblar ishtirokchisi. 1917–18 yillarda "soʻl kommunistlar" yetakchisi. 1918–29 yillarda "Pravda", 193437-yillarda "Izvestiya" gazetalari muharriri. 1917–34 yillarda partiya MK a’zosi (1934–37 yillarda a’zolikka nomzod). 1924—29 yillarda MK Siyosiy byurosi a’zosi. 20-yillar oxirida qishloq xoʻjaligini jamoalashtirish va industriyalashni oʻtkazishda favqulodda choralar qoʻllanilishiga qarshi chiqdi, bu esa "VKP(b)da oʻng ogʻmachilik" deb e’lon qilindi. Buharin falsafa va siyosiy iqtisod fanlari buyicha asarlar muallifi. 1938-yil mart oyida sovetlarga qarshi "oʻng trotskiychi blok" deb atalgan ish buyicha qatagʻon qilingan, ulimidan keyin oqlangan (1988).

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz