Bugʻu




Bugʻu — qirgʻizlarning yirik qabilasi. Bugʻular 19-asr oʻrtalarida saribagʻish qabilasi bilan birga Chu va Oqsuv daryolari havzasida hamda Issiqkoʻlning sharqiy qirgʻogʻi, Norin, Kechen va Tekes daryolari boʻylarida, Qarqara vodiysida koʻchmanchilik qilib yashaganlar. Chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanganlar. Terskey, Kungay, Tuykal koʻllari boʻyida sugʻorma dehqonchilik qilganlar. 1855-yilda Rossiyaga qoʻshib olingan. 1913-yilda 11 mingdan oshiq Bugʻu xoʻjaligi roʻyxatga olingan. 20-asr birinchi choragida qirgʻiz xalqi tarkibiga singib ketgan.

Bugʻu quyidagi urugʻlarga boʻlingan: chelek (manaplar urugʻi), torgo, bapa, yelden, takaboy, bogʻir (jigar), dyolyos, qidiq, qoʻngʻirot, moʻngʻuldur, sayoq, shiqmayot, qaba, asan tukum, ariq tukum, kuchuk, serikey, ondon.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz